Asosiy mazmunga o‘tish

Tadbirkor qayerda ko‘p adashadi

Eskirgan ozodliklar, chegarani kech sezish, soliq organi hisobotini tekshirmaslik va e-fakturani e’tiborsiz qoldirish.

Ma’lumot uchun. Bu soliq maslahati emas — muhim qarordan oldin manbani tekshiring.

Qonun holati: 17-okt, 2026

1. "100 mln gacha soliq yo‘q"

Eskirgan. 2026-yildan o‘zini o‘zi band qilganlar soliqni birinchi so‘mdan to‘laydi — 1,0% (PQ-247).

2. "YaTT qat’iy soliq to‘laydi"

2026-yildan qat’iy soliq yo‘q: aylanma soliq yoki QQS va foyda solig‘i.

3. Chegarani kech sezish

Daromad chegaradan oshgan kundan (keyingi oydan emas) QQS va foyda solig‘i boshlanadi. Yil o‘rtasida ochilgan biznes uchun chegara ishlangan kunlarga mutanosib (SK 462-modda 7–8-qismlar). Daromadni muntazam kuzatib boring.

4. Import qilib aylanma soliqda qolish

Import boshlangan kundan aylanma soliq qo‘llanmaydi — QQS va foyda solig‘i (SK 461-modda 2-qism).

5. Ijara daromadini aylanma soliq deb hisoblash

Mulkni ijaraga berishdan daromad — 12 % daromad solig‘i, aylanma soliq emas.

6. Soliq organi hisobotini tekshirmaslik

Hisobotni soliq organi o‘zi to‘ldiradi, lekin farqni 5 kun ichida tuzatmasangiz — rozi hisoblanasiz (SK 81-modda). Har oy o‘z hisobingiz bilan solishtiring.

7. Kiruvchi e-fakturani e’tiborsiz qoldirish

10 kalendar kun ichida rad etilmagan e-faktura tasdiqlangan hisoblanadi — soxta bo‘lsa ham oqibati sizda.

8. Noto‘g‘ri MXIK kodi va keraksiz QQS

Noto‘g‘ri MXIK — qiymatning 1 % jarima; QQS to‘lovchi bo‘lmasdan e-fakturada QQS ko‘rsatish — QQSning 20 %.

9. Kassasiz yoki QR kodsiz savdo

5 mln so‘m jarima (birinchi marta — ogohlantirish va 3 kun). Chek yoki e-faktura har sotuvda bo‘lishi kerak.

Manbalar

  1. Soliq kodeksi, 81, 221, 223, 225, 461, 462-moddalar
  2. PQ-247 (12.08.2025) — 5-b.
  3. VM 489 (14.08.2020) — hisobvaraq-faktura nizomi — 63-b.